Jamoat transporti vositalari yo’lovchilari uchun to’lov tariflari o’zgarmoqda

Endi yo’lkira – 2000 so’m, imtiyozdan foydalanuvchilar uchun esa bepul bo’ladi

Joriy yilning may oyi oxiriga qadar jamoat transporti vositalarida qatnovchi yo’lovchilar uchun to’lov tariflari o’zgaradi.

Kutilayotgan tarif rejasiga ko’ra, jamoat transport vositalarida qatnash uchun yo’lkiraning bir martalik narxi 2000 so’m, bank va transport kartalari, mobil ilovalar orqali to’lov qiluvchi yo’lovchilar uchun esa 1600 so’mga o’zgaradi.

Keltirilishicha, hozirgi kunda Toshkent shahrida jamoat trasportidan foydalanuvchilarning qaryib 55-60 foizi maxsus avtomatlashtirilgan to’lov tizimi orqali yo’l haqqini to‘lab kelmoqda. Mazkur ko’rsatkichni yaxshilash maqsadida elektron to’lov qiluvchilar uchun naqd to’lagan yo’lovchilarga qaraganda arzonlashtirilgan tariflar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, bir transport turidan ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi marotaba foydalangan yo’lovchilar uchun esa qulay imtiyozlar berilmoqda. Bunda bir avtobusdan bir soat mobaynida foydalanilsa 1600 so’m yoki bir soat ichida ikkita avtobusdan foydalanilsa ya’ni, almashish (peresadka) qilinsa, birinchi martasiga 1600 so’m, keyingi safariga 400 so’m yechiladi. 3 martadan ko’p marta transportdan foydalangan yo’lovchilar uchun, foydalanish mutlaqo bepul bo’ladi.

Metropolitendan foydalangan yo’lovchilar uchun 1 martalik yurish 1600 so’m. Dastlab metro, so’ng avtobusdan foydalanilsa, 1600 hamda 1000 so’m va uchinchi transportdan foydalanish esa bepul. Mazkur “peresadochniy” to’lov tariflari faqat elektron to’lov qiluvchilar uchun amal qiladi. Naqd to’lov qiluvchilar uchun emas.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan