Onix va Tracker avtomobillari nega sotuvdan olib tashlandi?

“UzAuto Motors” hech bir izohsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni to’xtatdi

“UzAuto Motors” Onix va Tracker uchun shartnomalar qabul qilishni vaqtinchalik to’xtatdi. Kompaniya o’tgan yili ushbu rusumdagi avtomobillar kelgusida Spark va Nexia o’rnini egallashini aytgan edi.

Hozirda “UzAuto Motors” sotayotgan eng arzon avtomobil Malibu bo’lib turibdi — 419 mln so’m.

Avvalroq, “UzAuto Motors”ning 2023-yil birinchi choragidagi sof foydasi deyarli ikki barobarga kamaygani haqida xabar bergan edik.

Ushbu holat tahlilchilar tomonidan O’zbekiston bozoriga elektromobillar kirib kelishi jadallashgani bilan ham izohlangan edi. Bu jarayon 2023-yilda ham to’xtagani yo‘q.

O’zbekistonda elektromobillar bojxona bojidan ozod etilgani va ularni 2023-yildan boshlab faqat dilerlar emas istalgan odam mamlakatga olib kira olishi sotuv hajmini oshirmoqda.

Birinchi chorakda umumiy 2,2 mingta elektromobil sotilgan va bu elektromobillar uchun omadli deb aytilayotgan 2022-yilning shu davriga nisbatan ham 2 barobar ko’p. Deyarli har oy elektromobillar sotuvi yangi rekordlarni qayd etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, shartnoma berishning to’xtatilishi inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi bilan bog’liq. Avtosalonlar va GM Uzbekistan ishonch raqami xodimlari shartnoma berish qachon tiklanishini tushuntirib bera olmagan.

Ma’lumot o’rnida, oxirgi 5 yil ichida “UzAuto Motors” turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to’xtatgan edi. 2020, 2021 va 2022-yillarda sotuvlar mart oyida qayta tiklangan.

So’ngi marta Tracker narxi 2023-yil yanvarida oshgan, Onix narxi esa 2022-yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.

95 Replies to “Onix va Tracker avtomobillari nega sotuvdan olib tashlandi?”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan