Bloomberg: “Binance” Rossiyaga yordam berishda gumonlanmoqda

Eng yirik kriptovalyuta birjasi sanksiyalarni chetlab o’tishda ayblanmoqda

AQSh Adliya vazirligi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi “Binance”ga nisbatan tergovni boshladi, deb xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Ayni paytda Ichki xavfsizlik departamenti surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Ukrainaga bosqin boshlanganidan so’ng, “Binance” menejerlari tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzilgan-buzmaganligini tekshirishmoqda. Shuningdek, rossiyaliklarning kriptovalyuta birjasi orqali noqonuniy pul o’tkazmalari amalga oshirganligi ehtimoli mavjud.

Kriptobirjasi vakillari ayblovlarni rad etib, barcha cheklovlarga to’liq rioya qilishlarini va anonim o’tkazmalarga ruxsat bermasliklarini ta’kidlashmoqda.

“Binance” mart oyida Yevropa Ittifoqining navbatdagi santsiyalari joriy qilinganidan keyin rossiyaliklarga P2P xizmati orqali dollar va yevro sotib olish va sotishni taqiqlagan edi.

Ayni paytda, Adliya vazirligining jinoiy ishlar bo’yicha boshqarmasi ham “Binance”ga qarshi tergovni boshladi. Birja nafaqat Rossiya bilan aloqalarni yo’lga qo’yganlikda, balki Eronga nisbatan o’rnatilgan cheklovlarni buzishdayam ayblanmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *