Soliq organlariga P2P operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish Konstitutsiyaga ziddir – “Yuksalish”

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
“Yuksalish” milliy harakati P2P oʻtkazmalari masalasini qayta ko’rib chiqishga chaqirmoqda
“Yuksalish” milliy harakati P2P o’tkazmalari masalasini qayta ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligi haqida post e’lon qildi.
“Ushbu qaror keng jamoatchilik e’tiroziga sabab boʻlganini taʼkidlagan holda, eng yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan va 1-maydan boshlab bevosita kuchga kirgan Konstitutsiyamizning yangi tahririda belgilangan normalarga zid ekanligini alohida ta’kidlash lozim”, — deyiladi harakat xabarida.
Ta’kidlanishicha, ushbu harakat quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
– Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buzadi va mamlakatda qonun ustuvorligiga jiddiy zarar yetkazadi;
– Naqd pul to’lovlariga bo’lgan talab ortadi, mablag’lar bank tizimidan norasmiy bozorga o’tkaziladi, yashirin iqtisodiyot hajmi oshadi;
– Naqd va naqd pulsiz to’lovlar o’rtasidagi farqning oshishiga olib keladi.
“Bu borada iqtisodiyotni soyadan chiqarish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, soliq to’lovchilar uchun teng va adolatli soliq siyosatini olib borish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga amal qilish kabi jihatlarga barqarorlik berish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarga ko’ra, biz Markaziy bankning bank kartalari bo‘yicha P2P operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish bo‘yicha pozitsiyasini qo’llab-quvvatlaymiz va bu masalani qayta ko’rib chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, — deyiladi “Yuksalish” harakatining postida.