YI Rossiya tufayli uchinchi mamlakatlarga eksportni cheklamoqchi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga “uchinchi davlatlar” uchun eksport cheklovi joriy qilishni taklif qildi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o’tishga qarshi kurash doirasida kelajakda uchinchi mamlakatlarga tovarlar eksportini cheklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu haqda Yevrokomissiyaning Yevropa ittifoqi mamlakatlariga topshirilgan 11-sanksiya paketi bo’yicha taklifida aytilgan.
DW nashrining yozishicha, to’xtatuvchi vosita sifatida Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga yetkazib berishni cheklash uchun qonuniy imkoniyat yaratish taklif qilinmoqda. Agar bu yetarli bo’lmasa, keyingi bosqichda ayrim tovarlarni eksport qilish taqiqlanishi mumkin. Avvalo, bu fuqarolik va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga tegishli bo’lishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, Rossiya Qozog’iston, Armaniston singari davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o’tishda davom etmoqda.
Yevrokomissiya taklifi 10-may kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi 27 davlatining doimiy vakillari tomonidan ko’rib chiqiladi. Maqsad – may oyi oxirigacha Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini qabul qilish.
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen avvalroq aytganidek, navbatdagi cheklov choralari, birinchi navbatda, Rossiyaning joriy etilgan sanksiyalarni uchinchi davlatlar yordamida chetlab o’tishiga qarshi zarba bo’ladi.
Merter Proje Yönetimi ve İhale Danışmanlığı ile Birlikte Müşterilerinin İstekleri Doğrultusunda Aşağıdaki Hizmetleri Sunuyor.