O’zbekiston va Qozog’iston o’zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistonda Qozog’iston kapitali ishtirokidagi mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda
O’zbekiston va Qozog’iston yaqin yillarda o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda maxsus ishchi guruhlar tuzilgan. Bu haqda Qozog’iston va O’zbekiston bosh vazirlarining hukumatlararo qo’shma komissiya yig’ilishida ma’lum qilindi.
Shu jumladan, o’tgan yili o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil etgan. Bu esa keyingi besh yilda ushbu ko’rsatkich ikki baravarga oshganligidan dalolat beradi.
“Ijobiy natijalar umumiy sa’y-harakatlar tufayli qo’lga kiritilyapti. Oldimizga qo’yilgan maqsad-vazifalarga muvofiq, o’rta muddatli istiqbolda o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollargacha yetkazishimiz kerak”, — deydi Qozog’iston Bosh vaziri Alixon Ismoilov.
Bugungi kunda O’zbekistonda Qozog’iston kapitali ishtirokidagi 1,2 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq, Rossiya O’zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 12 mlrd dollargacha oshirishi kutilayotgani aytilgandi.
One Reply to “O’zbekiston va Qozog’iston o’zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi”