“Mening yo’lim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

“Mening yo’lim” loyihasi uchun berilgan 10 317 ta taklifdan 517 tasi g’olib bo’ldi

“Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlangandi.

Undan keyin, taklif kiritish bosqichi yakunlanib, ovoz berish jarayoniga start berilgandi.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 7-maygacha amalga oshirildi. Xususan, ichki yo’llarni ta’mirlash uchun aholi tomonidan 10 317 ta taklif ro’yxatga olindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilgi mavsumga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

27-apreldan 7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko’ra, 517 ta loyiha g’olib deb topildi. Xususan, loyihalarga 8,9 mln aholi ovoz bergan.

Hududlar kesimida eng ko’p g’olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog’iston (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlariga to’g’ri keladi.

Qayd etilishicha, g’olib bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishga 412,4 mlrd so’m mablag’ yo’naltiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *