O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining soni ochiqlandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
O’zbekistonda istiqomat qiluvchi 174 nafar urush qatnashchilariga 18 mln so’mdan pul mukofoti beriladi
Joriy yilning 6-may holatiga ko’ra, O’zbekistonda 174 nafar urush va front orti qatnashchilari istiqomat qilishmoqda.
Ularning 25 nafari 100 yoshdan o’tgan. Qatnashchilarning eng kichigi 78 yoshda, eng kattasi esa 112 yoshda. Eng ko’p qatnashchilar Toshkent shahrida bo’lib, 55 nafarni tashkil etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa hozirda urush qatnashchilarining faqat 3 nafari hayot.
Eslatib o’tamiz, 9-may kuni butun O’zbekiston bo’ylab Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi.
Ikkinchi jahon urushida o’zbekistonliklarning frontga qo’shgan hissasi yodga olinib, urushda va urush oqibatlaridan halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirlanadi.
Avvalroq, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan urush qatnashchilariga 9-may bayrami munosabati bilan 18 mln so’m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi ma’lum qilingan.