Yangi sanksiyalar paketi: O’zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlarning narxi oshadimi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
YI ma’muriyati a’zo davlatlardan O’zbekistonni ham “jazolash”ni so’ramoqda, – Bloomberg
Yevropa Ittifoqi (YI) ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi 11-sanksiya paketi doirasida ayrim texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashni ko’rib chiqmoqda. Shuningdek, YI ilk bora bir nechta Xitoy kompaniyalari uchun qattiq savdo cheklovlarini joriy qilishi, tovarlar va texnologiyalar bilan ta’minlovchi firmalarga qarshi jiddiy choralar qo’llashi mumkin.
Bloomberg nashri tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko’ra, blokning ijroiya qo’mitasi a’zo davlatlardan yana 35 ga yaqin sub’ektlarni, jumladan Xitoy va Gonkongdagi korxonalar, shuningdek, O’zbekiston, Armaniston va Birlashgan Arab Amirliklaridagi kompaniyalarni ham jazolashni so’ragan.
Yevropa Komissiyasining ta’kidlashicha, nishonga olinganlar Ukraina bosqinida Rossiya harbiy-sanoat majmuasini bevosita qo’llab-quvvatlamoqda. Hujjatlardan birida keltirilishicha, “ikki maqsadli tovarlar va texnologiyalar, shuningdek, Rossiyaning mudofaa va xavfsizlik sektorini texnologik yaxshilashga hissa qo’shishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan qat’iy eksport cheklovlari” o’rnatiladi.
“Takliflar sanksiya ro’yxatiga 70 ga yaqin shaxs va 30 ga yaqin kompaniyani kiritish, intellektual mulk huquqi bo’yicha tovarlar va ularni ishlab chiqarish litsenziyalariga nisbatan cheklovlarni kengaytirishni o’z ichiga oladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, cheklovlar ommaviy axborot vositalari, jumladan RT Balkan va Rossiya razvedka hamjamiyatini muhim texnologiya va dasturiy ta’minot bilan ta’minlay oladigan IT-kompaniyalariga ham ta’sir qilishi kerak.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi neftni dengizda kemadan kemaga quyish va Yevropa Ittifoqi portlariga kemalarning kirishini taqiqlash bilan bog’liq qoidalarni keskinlashtirmoqchi.
Eslatib o’tamiz, dushanba kuni Yevropa Komissiyasi (YK) matbuot kotibi Erik Mamer YI a’zo davlatlarga Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning 11-paketi bo’yicha takliflar yuborganini aytgan edi.