Elektromobillar UzAutoMotors’ning mahalliy bozordagi “hukmronligi”ga chek qo’yadimi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
So’ngi yillarda O’zbekistonda xorij mashinalari, jumladan ellektromobillarga ko’p duch kelyapmiz. Ularning bozordagi savdosi ham ancha chaqqonlashgan. Bundan o’zbekistonliklarning elektromobillarga talabi ortib borayotganini anglash mumkin.
Statistik ma’lumotlarga qarasak, O’zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida ya’ni 3 oy ichida 8 ta xorijiy davlatdan qariyb 55 mln $ ga teng 1668 dona elektromobil sotib olgan.
Bu raqamlar o’tgan yili xuddi shu oylarida 453 taga yetgan edi. Aniqroq qilib aytganda ayni paytda elektromobillar xaridi 1215 taga oshgan.
O’zbekiston xorijdan elektromobil sotib olish uchun asosan Xitoy, Gonkong va Germaniya davlatlarini tanlayapti.
Ekspertlar fikricha, elektromobillar bozoridagi faollik 3 oy davomida sezilarli darajada o’sgan. Birlamchi bozorda sotuvlar 34 foizga oshgan bo’lsa, ikkilamchi bozorda 24 foizlik o’sish qayd etildi.
2022-yilda Prezident: “Elektromobillar kundalik hayotimizga jadal kirib boryapti. Import oshyapti. Nima uchun? Chunki talab bor. Bunday mashinalarning xarajati kam. Eng muhimi, odamlarimiz shuni ma’qul ko’ryapti. Shunday ekan, xalqimizga zamonaviy elektromobillar yetkazib berishimiz kerak”, – degan edi.
Umuman olganda, 2023-yilning I choragidagi yillik ko’rsatkich 2 baravarga ko’paygan.
Joriy yil boshi, yanvar oyida yengil elektromobillar sotuvi 431 donani tashkil etgan edi. Ushbu ko’rsatkich 2022-yil dekabriga nisbatan 3 foizga (+13 dona) yuqorilagan. Eng ko’p elektromobil Toshkent shahrida – 319 dona, Toshkent viloyati – 44 dona va Farg’ona viloyatida – 13 dona sotilgan.
Yengil avtomobillarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani elektromobillarining bojxona to’lovlari, aksiz solig’i va avtotransport yig’imlaridan ozod etilgani bilan bog’liq.
Xususan, 2021-yildan 2022-yilgacha elektromobillar bozori 3 baravarga, yaʼni 1,7 mingdan 5,9 mingtagacha o’sdi.
Shu bilan birga yaqin kelajakda elektromobillar bozorining yana-da o’sishi prognoz qilinmoqda.
Elektromobillarning yurish xarajati oddiy avtomobilga nisbatan 10 baravar, tabiatga zarari esa 3 baravar kam. Rivojlangan mamlakatlarda bunday transportlardan foydalanish ortayotganligining ham siri shunda. Albatta, buning uchun katta va zamonaviy infratuzilma kerak.
Masalan, dunyoda har 20 ta elektromobilga bitta quvvatlash stansiyasi to’g’ri keladi. Yurtimizda esa o’tgan yilgi ma’lumotlarga ko’ra, bunday joylar atigi 50 ta bo’lib, asosan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan.
Elektromobillarga xizmat ko’rsatish markazlari rivojlanmagan. Jumladan, elektromobillar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, quvvatlash stansiyalari tarmog’ini kengaytirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Avvalroq, “UzAuto Motors”ning 2023-yil birinchi choragidagi sof foydasi deyarli ikki barobarga kamaygani haqida xabar bergan edik.
Ushbu holat tahlilchilar tomonidan O’zbekiston bozoriga elektromobillar kirib kelishi jadallashgani bilan ham izohlangan edi.
O’zbekistonda elektromobillar bojxona bojidan ozod etilgani va ularni 2023-yildan boshlab faqat dilerlar emas istalgan odam mamlakatga olib kira olishi sotuv hajmini oshirmoqda.
Shuningdek, “UzAuto Motors” hech bir tushuntirishlarsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni to’xtatgan edi. Ba’zi internet nashrlari esa buni ushbu modellarning jihozlarini yangilash bilan izohlagan.
Hozirda “UzAuto Motors” sotayotgan eng arzon avtomobil Malibu bo’lib turibdi — 419 mln so’m.