“UZCARD” va “HUMO”ning integratsiyasi yakunlandi

Joriy yilning 1-iyunidan “HUMO” va “UZCARD” bankomatlari har ikkala kartaga ham xizmat ko’rsata boshlaydi

“UZCARD” va “HUMO” to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo’yicha texnik ishlar yakunlandi.

Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita — “UZCARD”ga ulangan va “HUMO” bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” bankomati hamda “HUMO”ga ulangan va “UZCARD” kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” bankomatlari ishlamoqda.

To’lov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan hamda tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlangandan keyin tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.

Joriy yilning 1-iyunidan tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilayotgani qayd etilgan xabarda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *