Express24′ Toshkent shahridagi birinchi “Dark Kitchen” loyihasini ishga tushirdi

“Qorong’u oshxona” loyihasida yetkazib beriladigan taomlarni tayyorlash va kuryerlarga topshirish jarayoni soddalashadi

Express24′ yetkazib berish xizmati O’zbekistondagi birinchi “Dark Kitchen” loyihasini ishga tushirdi.

“Dark Kitchen” — bu zamonaviy oshxona biznesi formati bo’lib, unda faqat buyurtma asosida yetkazib berishga mo’ljallangan taomlar tayyorlanadi. Ya’ni, oshxonaga to’g’ridan-to’g’ri mijozlar qabul qilinmaydi.

Mazkur loyiha orqali Toshkentdagi hamkor restoran va kafelar faqat yetkazib berish uchun taomlarni tayyorlashlari va ularni kuryerlarga tezlik bilan topshirishlari mumkin.

Maydon Toshkent shahri markazida, “Zarafshon” savdo markazi binosida joylashgan. Hududning radiusi buyurtmalarning eng ko’p miqdorini tashkil qilgani bois, mazkur joy tanlangani aytilmoqda.

“Dark Kitchen”ning umumiy maydoni 340 kv.metr bo’lib, 8 ta alohida oshxona uchun mo’ljallangan xonalar mavjud. Binolar to’liq ta’mirlanib, zarur infratuzilma (elektr, suv, kanalizatsiya) bilan jihozlangan.

“Loyiha korxonalarni tayyor binolar bilan ta’minlash orqali ularga xarajatlarni kamaytirish hamda yetkazib berish hajmini kengaytirish imkonini beradi”, — deydi Akmal Payziyev.

Bu yerda “Moskovskaya pitsa” mazkur formatda ish boshlagan birinchi muassasalardan biri bo’ldi va aprel oyi o’rtalarida faoliyatini boshladi.

Oy oxiriga qadar “Osh Markazi”, “Testo” hamda “Shef Burger” ham loyihaga qo’shilishi ta’kidlanmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *