Yaponiya karbonat angidrid gazini yutuvchi savdo avtomatlarini ishga tushiryapti

Yaponiyada minglab havoni tozalovchi savdo avtomatlari paydo bo’ladi, – Bloomberg

Yaponiyaning “Asahi Group Holdings” kompaniyasi iyun oyida karbonat angidridni o’ziga singdira oladigan materialdan tayyorlangan savdo avtomatlarini ishga tushiryapti.

Avvaliga kompaniya o’nlab qurilmalarini sinovdan o’tkazmoqchi, keyinroq esa Yaponiyada minglab shunday “yashil” savdo avtomatlari paydo bo’lishi mumkin, deb yozadi Bloomberg nashri.

Karbonat angidrid gazini yutuvchi avtomatlarning birinchi o’ttiztalik partiyasi Yaponiyaning Kanto (mamlakatning markaziy qismi) va Kansay viloyatlarida o’rnatiladi. 2024-yilgacha kompaniya 260 mingta atmosferani tozalovchi qurilmalarini o’rnatishni rejalashtirmoqda.

Har bir savdo apparati yiliga 60 kg ga yaqin karbonat angidridni o’zlashtira oladi. Ushbu tadbir “Asahi”ning 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishish dasturining bir qismi ekanligi aytilmoqda.

Savdo avtomatlarida kukunli kalsiy mineral moddasi mavjud bo’lib, u qurilmadagi ichimliklarni sovutish va isitish jarayonlarida karbonat angidridni o’zlashtiradi.

Mamlakat bo’ylab savdo avtomatlariga istalgan joyda duch kelishingiz mumkin. Ayni paytda ularning soni qariyb 4 mlnga yetadi. Savdo avtomatlari yordamida turli mahsulotlar – bolalar o’yinchog’idan tortib oddiy “ikra”gacha sotiladi. Avtomatlashgan bozorning yarmidan ko’prog’i ichimliklarni sotuvchi moslamalardan iborat.

Eslatib o’tamiz, “Asahi Group Holdings” – pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi Yaponiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *