Linda Lakkarino Twitter’ning yangi bosh direktori bo’lishi mumkin – The Wall Street Journal

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Ilon Mask Twitter’ bosh direktori lavozimini tark etadi
The Wall Street Journal (WSJ) nashrining yozishicha, Linda Lakkarino Twitter’ning yangi bosh direktori bo’lishi mumkin. Hozirda u Twitter’ning bosh direktori lavozimini egallash uchun muzokaralar olib bormoqda.
Lakkarino xonim 2011-yildan beri NBC Universal reklama kompaniyasi rahbari lavozimida ishlab keladi. WSJ nashri uning daromadli “Peacock” – NBC Universal filmlari va shoulari uchun obuna xizmatining asoschilaridan biri ekanligiga e’tibor qaratgan.
Twitter’ egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoq bosh direktori lavozimini ayol kishi egallashiga urg’u bergan bo’lsada, uning ismini ochiqlashni xohlamagan.
“Men Twitter’ga yangi bosh direktorni yollaganimni e’lon qilishdan mamnunman. Taxminan olti haftadan keyin u ish boshlaydi”, – dedi Mask o’z sahifasida.
Eslatib o’tamiz, O’tgan yilning dekabrida “Twitter” bosh direktori Ilon Mask kompaniya uchun yangi bosh direktor qidirayotgani haqida ma’lum qildi.
Oktabr oyida kompaniyani 44 mlrd$ ga sotib olgan Mask avvalgi bosh direktor Parag Agravalni ishdan bo’shatganidan so’ng, uning bosh direktori lavozimida vaqtinchalik ishlashini aytgan edi.
“Bu ishni bajaradigan ahmoq odamni topsam, men bosh direktor lavozimini tark etaman, shundan so’ng men dasturiy ta’minot va serverlar guruhini boshqaraman”, deb yozgandi Mask.