YI sotilmay qolgan kiyimlarni yo’q qilishni taqiqlamoqchi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Yevropa aholisi har yili 6 tonnaga yaqin kiyim-kechaklarini tashlab yuborishadi
Yevropa Ittifoqi (YI)ga a’zo mamlakatlarda sotilmaydigan kiyimlarni yo’q qilishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam berishi mumkin, deb yozadi “Financial Times” nashri.
Xabarda aytilishicha, to’qimachilik sanoati chiqindilari atmosferaga ko’tarilayotgan issiqxona gazlarining beshdan bir qismini tashkil etadi.
Yevropa mamlakatlari aholisi esa har yili qariyb 6 mln tonna kiyim-kechaklarini tashlab yuboradi. Ularning faqat chorak qismi qayta ishlanadi.
Xaridorlar tomonidan do’konlarga qaytarilayotgan ayrim garderob buyumlarini qayta ishlash qiyin va shu bois ham ular yo’q qilinadi. Bundan tashqari, mashhur brendlar o’z mahsulotlarining qora bozorda paydo bo’lishining oldini olish uchun ham sotilmagan kiyimlarni yo’qotishni afzal ko’ryapti.
2022-yilda YI buni atrof-muhitga zarar keltirayotgan omillardan biri deb topdi.
YI ga a’zo davlatlar esa kiyim va aksessuarlarni yo’q qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo’llab-quvvatlashyapti. Yangi cheklov asosan o’rta va yirik savdo korxonalariga taalluqli bo’ladi.
Ayni paytda, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya yangi taklifni qo’llab-quvvatlashmoqda. H&M chakana savdo giganti joylashgan Shvetsiya hukumati esa hozircha yangi taqiqning joriy etilishiga qarshi.