Toshkentda transafg’on temir yo’l liniyasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
O’zbekiston-Afg’oniston-Pokiston temir yo’l liniyasi 2027-yilda ishga tushiriladi
Toshkentda O’zbekiston-Afg’oniston-Pokiston temir yo’l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi.
Ofis loyihani texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy bajarilishini tezlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Pokiston elchisi A.Farukning ta’kidlashicha, ofisning o’z vaqtida ochilishi muqobil raqobatbardosh yo’nalishlarda Arab dengizi havzasi davlatlari bilan o’zaro savdo qilish imkoniyatlarini ochadi.
“Loyihani amalga oshirishda Rossiya va Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyo mamlakatlariga millionlab tonna tabiiy resurslar va boshqa tovarlarni tashish imkoniyati paydo bo’ladi”, — deydi Afg‘oniston temir yo’l boshqarmasi raisi B.Sharafat.
Eslatib o’tamiz, 2021-yilning boshida Mozori-Sharif-Kobul-Peshavor temir yo’lining qurilishi bo’yicha yo’l xaritasi imzolangandi. Afg’oniston va O’zbekistonni bog’lovchi temiryo’l loyihasi 4,8 mlrd$, deya baholandi.
Transafg’on temir yo’li 2027-yilda ishga tushirilishi ma’lum qilingan.