O’zbekiston Rossiyaning “aqlli lift”larini sotib oldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
O’zbekiston Rossiyadan 200 mln rubl qiymatidagi lift sotib olyapti
O’zbekiston Rossiya bilan yangi ko’p qavatli uylar uchun liftlar yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza” nashri.
Qayd etilishicha, liftlarni Moskva shahrida joylashgan “Shcherbinskiy” zavodi yetkazib beradi.
“Rossiyadagi yirik liftsozlik zavodlaridan biri birinchi marta o’zbekistonlik qurilish kompaniyalari bilan uch yil davomida jihozlar yetkazib berish bo’yicha uchta shartnoma imzoladi. Shartnomalarning umumiy qiymati 200 mln rublga baholanmoqda”, — dedi Moskva merining o’rinbosari Vladimir Yefimov.
Shcherbinskiy zavodining liftlari aqlli displeylar bilan jihozlangan. Qurilmalar idish devoridagi oynaga o’rnatilgan.
Ushbu liftlarni maxsus texnologiya — “SmartAirKey” tufayli smartfon yordamida boshqarish mumkin.
Shuningdek, mazkur liftlarda “SmartAirClean” funksiyasi yordamida kabinadagi havo dezinfeksiya qilinadi.