Jahon bozorida Robusta qahvasi narxi keskin oshdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Robusta qahva donlarining narxi so’nggi 12 yillik rekord darajaga chiqqan
Robusta kofe donalariga talabning yuqoriligi va plantatsiyalarda hosilning pastligi sababli ushbu qahva turining ulgurji narxi 12 yillik eng yuqori darajasiga chiqqan. Bu haqda Bloomberg’ nashri tarmoq vakillariga tayanib xabar beryapti.
Ma’lumot berilishicha, Vyetnamda so’nggi 4 yil ichida Robusta donlarining eng past hosili olingan. Robusta ko’pincha oson eruvchi qahva, espresso va supermarketlarda sotiladigan yanchilgan aralashmalarda ishlatiladi.
“Qahvaga talab shu qadar ortdiki, hatto bozor avvalgi narxiga qaraganda ancha qimmat Robusta eksportiga ham qoniqmayapti”, – deydi Nyu-Yorkdagi qahva konsalting kompaniyasi direktori Judit Geyns.
Maqolada ta’kidlanishicha, Robusta donlarining global taqchilligi yaqin kelajakda bartaraf etilishi dargumon. Yevropadagi eng yirik qahva iste’mol bozori hisoblangan Germaniyada so’ngi bir yil ichida eriydigan qahva narxi taxminan 20 foizga o’sgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2023-yilning birinchi olti oyida robusta donlari oldingi uch yilga qaraganda ko’proq eksport qilingan. Talabning ortishi haqidagi ma’lumotni Braziliya tez tayyorlanadigan qahva ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, “Nestle SA” va “Tata Coffee” ham tasdiqlayapti.