O’zbekistonda import hisobidan benzin va dizel yoqilg’isi zaxirasi shakllantiriladi

Prezident neft mahsulotlarining barqarorlashtirish zaxirasini shakllantirish bo’yicha topshiriq berdi

Prezident ichki bozorda neft mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun mamlakatda 1 mln tonna, shu jumladan import hisobidan benzin va dizel yoqilg’isi zaxirasini shakllantirish bo’yicha topshiriq berdi.

“Joylarda 1 mln tonna yoqilg’i saqlash sig’imlari mavjud. Har bir hudud bu imkoniyatdan foydalanib, benzin va dizel yoqilg’isi zaxirasini shakllantirishi kerakligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

O’zbekistonda neft mahsulotlarini mamlakatga olib kirishga qo’yilgan cheklovlar bekor qilingan.

Qayd etilishicha, yoqilg’i import qiluvchi korxonalarning aylanma mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar ajratish ko’zda tutilgan.

Yanvar oyi oxirida “O’zbekneftgaz” Rossiyadan AI-80 benzinini olib kirish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib beruvchilar “Gazpromneft”, “Tatneft” singari bir qator xususiy tuzilmalar edi.

Qish mavsumida O’zbekiston ichki bozorida eng ko’p talab qilinadigan ushbu turdagi yoqilg’ining 100 ming tonnaga yaqini Rossiyadan xarid qilindi.

O’zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlarining umumiy quvvati 10 mln tonnaga yaqin bo’lib, bugungi kunda ular to’liq yuklanmagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *