YTTB “Uzbekistan Airports” maxsus texnika parkini yangilashga yordam beradi

YTTB O’zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag’ ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “Uzbekistan Airports”ga O’zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag’ ajratadi.

17-may kuni YTTB ning Samarqand shahrida bo’lib o’tgan yillik forumida kompaniya boshqaruvi raisi Ra’no Jo’rayeva va Yevroosiyo bo’yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamlab, mandat xatlarini almashdi.

“Bank mablag’lari hisobidan yo’lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to’ldirish va hojatxona bo’limlariga xizmat ko’rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi”, — dedi Ra’no Jo‘rayeva.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, YTTB ning moliyalashtirishi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikasi xarid qilinadi.

Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.

Ta’kidlanishicha, bu O’zbekistonda moliyalashtirish mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinchi namunasi bo’ladi.

One Reply to “YTTB “Uzbekistan Airports” maxsus texnika parkini yangilashga yordam beradi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *