O’zbekiston va xorijiy kompaniyalar o’rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

YTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig’ilishida O’zbekiston xorijiy kompaniyalar bilan bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishdi

Samarqandda o’tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig’ilishida bir qator kelishuvlar amalga oshirildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Mastercard” inklyuziv taraqqiyot markazi YTTB bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Hujjat Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va kichik biznes egalari, ayniqsa ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.

O’zbekiston hukumati bilan YTTB o’rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo’lga qo’yish uchun 49 mln dollargacha suveren kredit ajratish to’g’risida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va TAQA Energetika kompaniyasi o’rtasida umumiy quvvati 1600 MVt gacha bo‘lgan kombinatsiyalashgan gaz-turbinali uskunani o’rnatish loyihasini amalga oshirish bo’yicha 1,2 mlrd dollarlik bitim imzolandi.

“Masdar” kompaniyasi blian Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi o’rtasida ham bitim imzolandi. Hujjat quvvati 2150 MVt va 500 MVt bo‘lgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish hamda unga 2,6 mlrd dollar mablag’ yo’naltirishni nazarda tutadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi bo’yicha 300 mln dollarlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida bitim imzolandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O’zsuvta’minot” va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi o’rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha umumiy qiymati 500 mln dollarlik loyihani amalga oshirish to’g’risida bitim imzolandi.

“ACWA Power” kompaniyasi bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o’rtasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish bo’yicha umumiy qiymati 88 mln dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, YTTB “Uzbekistan Airports”ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 mln yevrogacha mablag’ ajratadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *