Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’lining umumiy uzunligi qariyb 500 kmni tashkil etadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
Agar boy bo’lishni istasangiz, yo’l quring – Sadir Japarov
“Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li loyihasining amalga oshirilishi mintaqani transport tiqilinchligidan olib chiqishi, 4 mlrdga yaqin aholini bog’lagan holda, Osiyodan Turkiya orqali Yevropa, Yaqin Sharq, Eron, Fors ko’rfazi va Shimoliy Afrikaga tashish geografiyasini kengaytirishini ma’lum qildi.
O’zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va qo’shma baholash ishlari amalga oshirilib, ekspertiza o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Xitoy taraqqiyot va islohotlar Davlat qo’mitasi, Qirg’iziston transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston transport vazirligi o‘rtasida mazkur temir yo’li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolandi.
Mazkur hujjat loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, qurilish loyihasini ishlab chiqish, investitsiyalar va moliyalashtirish modelini o’rganish va aniqlashni o’z ichiga oladi.
Loyiha Markaziy Osiyo davlatlarining transport yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaning xalqaro transport-tranzit markazi sifatida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’lining umumiy uzunligi taxminan 454 km ni tashkil etadi. Shundan 280 km Qirg’iziston hududidan o’tishi rejalashtirilgan.
Liniyada umumiy 18 ta stansiya, uzunligi 26,1 km 81 ta katta va o’rta ko’priklar, uzunligi 120,3 km 41 ta tunnel quriladi.
Ko’priklar va tunnellarning jami uzunligi 146,4 km bo’lib, bu liniya umumiy uzunligining 47 foizini tashkil etadi.
Loyiha natijasida Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bo’lgan yo’l taxminan 900 km ga, yuk yetkazib berish muddati esa 7−8 sutkaga kamaytiriladi.
Dastlabki prognozlar yuk tashish hajmi yiliga 12−15 mln tonnani tashkil etishini ko’rsatmoqda.
Qirg’iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov loyiha qiymatini 5 mlrd dollarga baholagan edi.
One Reply to “Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’lining umumiy uzunligi qariyb 500 kmni tashkil etadi”