Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi O’zbekneftgaz bilan qo’shma korxona tashkil qilmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini yangilashda ishtirok etmoqchi
Ozarbayjonning “SOCAR” davlat neft kompaniyasi va “O’zbekneftgaz” hamkorlikda “SOCAR Trading” qo’shma korxonasini tashkil etish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda, deya xabar berdi “O’zbekneftgaz” matbuot xizmati.
Qo’shma korxona tashkil etish masalasi “O’zbekneftgaz” rahbariyati va “SOCAR” kompaniyasi prezidenti Rovshan Nadjaf boshchiligidagi delegatsiya ishtirokidagi uchrashuvda muhokama qilingan.
Uchrashuv kun tartibida ikkala tomon hamkorlikda “SOCAR Trading” qo’shma korxonasini tashkil etish masalasini ko’rib chiqdi.
Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish loyihasida ishtirok etish hamda O’zbekiston va Ozarbayjondagi konlarni birgalikda o’zlashtirishga alohida qiziqish bildirildi.
Shu bilan birga, “SOCAR” rahbariyati tomonidan O’zbekiston hududida operator sifatida, shuningdek, xizmat ko’rsatish shartnomalarida ishtirok etishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi.
Avvalroq O’zbekiston Ozarbayjon bilan 500 mln dollarlik qo‘shma investitsiya jamg’armasini tashkil etishi haqida xabar berilgandi.
Takipçi satın al: Sosyal medya hesaplarınızın popülerliğini artırmak için tercih edilen bir yöntemdir. Ancak, organik takipçi kazanmak için kaliteli içerikler paylaşmanız daha önemlidir.