O’zbekistonda birinchi Wildberries logistika markazi ochildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Endi o’zbekistonlik tadbirkorlar o’z mahsulotlarini Wildberries marketpleysida sotishlari mumkin
O’zbekistonda birinchi “Wildberries” saralash markazi ish boshladi.
Endilikda o’zbekistonlik tadbirkorlar o’z mahsulotlarini mazkur marketpleysda sotishlari mumkin.
Bunda sotuvchilar buyurtmalarni onlayn qabul qiladi, keyin ularni saralash markaziga yetkazib beradi, u yerdan tovarlar xaridorlarga yuboriladi.
Toshkent viloyatida joylashgan logistika markazi 1122 kvadrat metr maydonga ega. Shuningdek, markaz mamlakatga xorijdan kiruvchi buyurtmalarni saralaydi va ularni keyinchalik buyurtmalar berish punktlariga olib boradi. O‘zbekistonda jami 57 ta qabul qilish punkti mavjud.
“Yangi Wildberries markazining ochilishi o’zbek biznesi vakillariga onlayn segmentga kirish, o’z logistika xarajatlarini kamaytirish va bozorda o’z mahsulotlari turlarini kengaytirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
“Wildberries” allaqachon O’zbekistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunga qadar platformada 196 nafar mahalliy savdogar ro’yxatdan oʻtgan.