AQSh Rossiya, Qirg’iziston va Armaniston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQShning yangi “qora ro’yxati”dan yuzdan ortiq kompaniyalar, o’nlab jismoniy shaxslar, mingdan ortiq mahsulotlar embargosi joy oldi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritdi: “qora ro’yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o’nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo’lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Bu haqida AQSh Moliya vazirligi saytida xabar berildi.

Shuningdek, Rossiya bilan bir qatorda Armaniston va Qirg’izistonning “AQSh manfaatlariga tahdid soluvchi” 71 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar qo’llandi — “Ijevsk uchuvchisiz tizimlar” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Proletar zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ), “Texmash” ilmiy-ishlab chiqarish klasteri, Ulyanovsk mexanika zavodi, “Kurganmashzavod” OAJ, Ulan-Uden aviatsiya zavodi, Bryansk avtomobil zavodi, “Ural” va boshqalar.

Ro’yxatdagi arman kompaniyasi Medisar LLC hisoblanadi. Kompaniya veb-saytiga ko’ra, u kimyoviy xomashyo va reagentlar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, laboratoriya uskunalari xorijiy ishlab chiqaruvchilarning Armanistondagi rasmiy vakili: Kinematika AG (Shveysariya), ATAGO (Yaponiya), Hanna instruments (Germaniya), Citizen (AQSh) va boshqalar.

Qirg’iziston kompaniyasi — Tro.Ya LLC. Tro.Ya veb-saytida ko‘rsatilishicha, u sanoat avtomatizatsiyasi, navigatsiya uskunalari va telekommunikatsiya komponentlari uchun elektron uskunalarni yetkazib beradi.

Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikaliklar, jumladan, sobiq qora tanli prezident Barak Obamaning ham mamlakatga kirishiga taqiq joriy qildi.

AQSh sanksiyalarining yangi paketi Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksini yetkazib berish, oltin qazib olish operatsiyalari, Rossiyaning kelajakdagi energiya daromadlari va joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o’tish uchun bo’shliqlarni yopishga qaratilgan.

Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) “qora ro‘yxat”iga 46 nafar shaxs, jumladan, bosh vazir o’rinbosari Viktoriya Abramchenko, ta’lim vaziri Sergey Kravsov, ombudsman Tatyana Moskalkova, Rossiya prezidenti yordamchisi Igor Levitin va rossiyalik milliarder Igor Kesayev o’rin olgan.

Bundan tashqari, Rossiya Tashqi razvedka xizmati, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Sergo Ordjonikidze nomidagi Rossiya geologiya-qidiruv universitetiga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. “Polimetall”, oltin qazib oluvchi “Polyus” kompaniyasi, shuningdek, Rossiya mudofaa sektoriga xizmat ko’rsatuvchi bir qator kompaniyalar ham sanksiyalar ostida qolgan.

AQSh Moliya vazirligi, shuningdek, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergan yoki ularni Rossiya hududida ishlab chiqarish bilan shug’ullangan 30 ga yaqin import qiluvchi kompaniya va elektronika ishlab chiqaruvchilarni ham sanksiyalar ro’yxatiga kiritdi.

“OFAC Rossiyada yoki Rossiya hududiga elektron komponentlar, yarimo’tkazgichlar va mikroelektronika import qiluvchi, jo’natuvchi yoki ishlab chiqaruvchi 30 dan ortiq kompaniyani ro’yxatga kiritgan”, — deyiladi xabarda.

Ro’yxat elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi “YevroMikroTex”, xorijda ishlab chiqarilgan elektron komponentlar yetkazib beruvchi Phoenix Electronics, optoelektron uskunalar ishlab chiqaruvchi “Proton”, elektronika ishlab chiqaruvchi Target Electronics, Yevropa va Osiyo ishlab chiqarishining elektron komponentlarini yetkazib beruvchi “Inelso” va boshqalarni ham o’z ichiga oladi.

AQSh Rossiya va Belarusga 1200 dan ortiq turdagi tovarlar, jumladan, qurilish materiallari, matolar, qog’oz, bo’yoqlar, transport vositalari, shu jumladan, oziq-ovqat sanoati uchun qayiqlar, uskunalar va boshqalarni eksport qilishni cheklovchi bir qator sanksiyalar kiritdi. Qayd etilishicha, taqiq Rossiya hududidagi odamlar va tashkilotlarning tovarlarni o’tkazishiga ham tegishli.

19-may kuni Buyuk Britaniya ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirgan. Mamlakatning sanksiyalar ro’yxatiga beshta bank kiritilgan, jumladan, Tinkoff Bank, “Dom.RF” banki va Rosbank. Bundan tashqari, rossiyalik milliarderlar bilan aloqador kompaniyalar Buyuk Britaniyaning sanksiyalari ostida qoldi: “Cyeverstal”, AFK “Sistema” i TMK shular jumlasidandir, deb yozadi Forbes.

Hammasi bo’lib, sanksiyalar ro’yxatiga Rossiyadan 86 ta kompaniya va jismoniy shaxslar kiritilgan. Ular orasida bosh vazirning birinchi o’rinbosari Andrey Belousov, “Gazprom neft” direktorlar kengashining 13 nafar a’zosi va “Transneft” direktorlar kengashining 5 nafar a’zosi, 20 nafar mudofaa korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bor.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *