O’zbekiston va Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurish shartlarini deyarli kelishib oldi

Atom elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’ladi

Rossiya TIV O’zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish shartlari bo’yicha yuqori darajadagi kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS” nashri.

Avvalroq Rossiya va O’zbekiston atom elektr stansiyasini qurish bo’yicha shartnoma ustida ishlayotgani ma’lum bo’lgan edi. Elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’lishi aytilmoqda.

“O’zbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini qurish iqtisodiy munosabatlarimizning flagman loyihasidir. Yuqori darajadagi tayyorgarlikning asosiy shartlari bo’yicha muhim kelishuvga erishyapmiz”, – deyiladi vazirlik ma’lumotida. Shu bilan birga, energetika Moskva va Toshkent hamkorligining eng asosiy yo’nalishi ekanligi qayd etilgan.

Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o’zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan o’zaro kelishuv shartlari bo’yicha uchrashishi kutilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston va Rossiya 2018-yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Elektr stansiyasi Tuzkon ko’li yaqinida joylashadi. 2022-yil iyun oyi oʻrtalarida “O’zatom” loyiha reja bo’yicha ketayotganini ma’lum qilgan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *