Meta Twitter’ning analogini taqdim etyapti

Meta Twitter’ning yangi raqobatchisini iyun oxirigicha ishga tushiradi

“Meta Platforms” xolding kompaniyasi “Twitter” bilan raqobatlashishi mumkin bo’lgan matnga asoslangan ilovasini chiqarmoqchi.

Kompaniya mashhurlar ishtirokidagi yangi ijtimoiy tarmoqni sinovdan o’tkazmoqda, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Yangi ijtimoiy tarmoqdagi postlar 500 ta belgi bilan cheklangan (“Twitterda” bu — 280ta , “Blue” obunasi bilan — 10 ming).

Qayd etilishicha, yangi ijtimoiy tarmoq Instagram bilan sinxronlanadi, ya’ni eski ijtimoiy tarmoqdagi profil orqali tizimga kirish va undan bloklangan foydalanuvchilar ro’yxatini o’tkazish mumkin.

Kaliforniya universitetining ijtimoiy marketing professori Lea Xabermanning aytishicha, “Meta” yangi ijtimoiy tarmoqni 2023-yil iyun oyi oxirigacha ishga tushirishi mumkin.

Birinchi marta kompaniya tomonidan yangi markazlashmagan ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqish mart oyida ma’lum qilindi.

Loyiha Instagram bosh direktori Adam Mosseri tomonidan nazorat qilinadi va uning ishchi nomi “P92” deb nomlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *