Rossiya va Xitoy o’zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanyapti

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Xitoy va Rossiya o’rtasidagi 70 foiz hisob-kitoblar yuan va rublda amalga oshirilmoqda, – Mixail Mishustin
Rossiya va Xitoy o’rtasidagi transchegaraviy hisob-kitoblarning 70 foizi allaqachon milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin xitoylik hamkasbi bilan uchrashuv chog’ida ma’lum qildi.
“Rossiya va Xitoy o’rtasidagi transchegaraviy hisob-kitoblarning 70 foizi allaqachon milliy valyutalarda – rubl va yuanda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyat kasb etyapti”, — deydi Mishustin.
Uning so’zlariga ko’ra, Rossiya Xitoyning asosiy neft ta’minotchisiga aylangan. Tabiiy gaz, ko’mir va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi ham oshib bormoqda.
Hozirgi geosiyosiy sharoitda ikki davlat chegarasidan o’tuvchi transport-logistika yo’nalishlari hamda chegara tuzilmasi kengaytirilib, modernizatsiya qilinyapti. Bu, o’z navbatida, ikkita davlat o’rtasidagi yuk tashish hajmi ortayotganidan darak beradi.
Avvalroq, Rossiya Vyetnam bilan savdo aloqalarida milliy valyutalardan foydalanish masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.