Apple’ning bozor qiymati 690 mlrd dollarga oshgan

Apple dunyoda yagona 3 trln dollarlik kapitallashuvga ega kompaniyaga aylanishi mumkin

Bloomberg nashrining yozishicha, ayni paytda Apple kompaniyasi kapitallashuv bo’yicha 3 trln dollarlik chegarani bosib o’tishga harakat qilmoqda. Nashrning hisob-kitoblariga ko’ra, yil boshidan buyon Apple aksiyalari 35 foizga qimmatlashgan, bozor qiymati esa 690 mlrd dollarga oshgan.

Qayd etilishicha, hozir kompaniyaning kapitallashuvi deyarli 2,76 trln dollarni tashkil etadi.

Apple’ning bozor qiymati 2022-yilning 3-yanvarida savdolar chog’ida, dunyoda birinchi bo’lib 3 trln dollardan oshdi. O’shanda kompaniya butun Buyuk Britaniya iqtisodiyoti yoki Germaniya fond bozoridan qimmatroq edi.

Rekorddan bir yil o’tib, Apple’ning bozor kapitallashuvi 2 trln dollardan pastga tushdi. Umuman olganda, 2022-yilda kompaniya aksiyalari qiymatining 27 foizini yo’qotdi.

“Sarmoyadorlarni Apple daromadining kuchliligi va katta pul oqimi qiziqtiradi”, — deb yozadi Bloomberg.

Ma’lumot o’rnida, Apple mijozlariga barcha turdagi texnologiya vositalarini taklif etadi. Uning eng mashhur mahsulotlari qatoriga iPhone, iPad, Macbook va Apple Watch kiradi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *