Xitoy so’nggi imperatorining soati rekord qiymatda sotildi

Xitoyning so’nggi imperatoriga tegishli soat auksionda 6,2 mln dollarga sotildi

Bir vaqtlar Xitoyning Sin sulolasining so’nggi imperatoriga tegishli bo’lgan soat kim oshdi savdosida rekord qiymat – 49 million Gongkong dollariga (6,2 million AQSH dollari) sotildi. The Patek Philippe soatsozlik kompaniyasining Ref 96 Quantieme Lune rusumidagi soati bir paytlar Xitoyning Sin sulolasining oxirgi imperatori Aysingyoro Pu Iga tegishli bo’lgan.

Pu Ining hayoti va siyosiy faoliyati 1987-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo’lgan “So’nggi imperator” filmiga asos bo‘lgan.

Londonda joylashgan Philips auksion uyiga ko’ra, Gonkongda yashovchi osiyolik bir kolleksioner telefon orqali savdo qilib, noyob The Patek Philippe Ref 96 Quantieme Lune  soatini sotib oldi. Soatda toj shaklidagi darchada oy fazalari aks etib turadi.

Bu soat juda oz miqdorda chiqarilgan The Patek Philippe Ref 96 Quantieme Lune  soatlaridan biri bo‘lib, Pu I uni Sovet Ittifoqi tomonidan qamoqqa tashlanganida rus tarjimoniga sovg’a qilgan. Shu paytgacha yaxshi saqlangan soat savdo oldidan 3 million dollarlik marrani osongina ortda qoldirdi.

Xaridorning premium to’lovini hisobga olganda, uning 40 million Gonkong dollarini (5,1 million AQSH dollar) tashkil etdi.

Xaridorning premium to’lovi bilan umumiy narx taxminan 6,2 million dollarni tashkil etdi.

Phillips Asia auksion uyining soatlar bo’limi rahbari Tomas Perassi Reuters axborot agentligiga bu bir vaqtlar imperatorga tegishli bo’lgan qo‘l soatlari uchun “eng yuqori natija” ekanini aytdi.

Imperatorlarga tegishli bo’lgan va auksionda sotilgan boshqa soatlar orasida so‘nggi Efiopiya imperatori Xayle Selassiyega tegishli bo’lgan, 2017 yilda 2,9 million dollarga sotilgan Patek Philippe soati ham bor.

Vyetnamning oxirgi imperatori Bao Dayga tegishli Rolex soati 2017 yilda bo’lib o’tgan kim oshdi savdosida 5 million dollarga sotilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan