Mirziyoyev Singapur prezidenti bilan muzokara o’tkazdi. Nimalarga kelishildi?

O’zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hujjat imzolandi

– Oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.

– O’zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo’shma ta’lim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va kadrlarni tayyorlash tajribasini joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

– Singapurning O’zbekistondagi OTMlari faoliyati hamda ikki mamlakat o’rtasidagi muntazam madaniy, ta’lim va turizm almashinuvlarning faollashishi qo’llab-quvvatlandi.

Shuningdek, O’zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hujjat imzolandi:

– O’zbekiston va Singapur hukumatlari o’rtasida 2023-2026-yillarga mo’ljallangan hamkorlik to’g’risida memorandum;

– O’zbekiston va Singapur IIVlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum;

– O’zbekiston va Singapur Adliya vazirliklari o’rtasida 2023-2024 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi;

– O’zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o’rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– O’zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim;

– O’zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;

– O’zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Biznes federatsiyasi o’rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *