AQShda defolt xavfi: Mutaxassislar qanday fikrda?

AQShning tashqi davlat qarzi 31 trln dollardan oshgan

AQSh moliya vazir Janet Yellenning 1-iyun sanasidagi ehtimoliy defolt (davlatning qarz majburiyatlarini bajara olmasligi) holati haqidagi xabari ko’pgina bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Shundan so’ng, o’tgan yili  AQShning davlat qarzi 31,42 trln $ ga yetgani haqidagi ma’lumot paydo bo’ldi.

Gap shundaki, 2023-yil yanvarida Amerika hukumati davlat qarzining yuqori chegarasiga yetib kelgan. Bu limitni ijroiya hokimiyat to’siqsiz qarzlar olavermasligi uchun 1917-yildan buyon Kongress o’rnatadi.

Xazinachilik budjet xarajatlarini soliq tushumlari va o’z balansi qoldiqlari evaziga yopadi, aprel oyi oxirida u 300 mlrd dollarni tashkil etgan. Agar limit ko’tarilmasa, budjetda pul tugab qolishi mumkin.

2023-yilning uchinchi choragida Oq uy defolt holatida AQSh YAIMining 6,1 foizga qisqarishi, ishsizlikning 5 foizga o’sishi va fond bozorining 45 foizga qulashini taxmin qilmoqda.

Moody’s reyting agentligi tahlilchilari hisob-kitoblariga ko’ra, AQSh YAIM ning 4 foizi yo’qotiladi, 6 mln kishi ishsiz qoladi.

“Bloomberg” nashrining yozishicha, potensial defolt 2008-yilgi inqirozdan ham jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Defolt ehtimoli ayni paytda tahlilchilar tomonidan 1 foiz balki undan ham kichikroqga baholanmoqda. Muddat yaqinlashgani sari, bu jarayon shunchalik baland bo’ladi.

Hamda, Janet Yellen tomonidan belgilangan muddatga qaramay, defolt aynan 1-iyunda sodir bolishi shart emas. AQSH hukumati defoltni oldini olish va kechiktirish choralariga ega.

Yellenning ta’kidlashicha, ushbu choralarning samarasi iyun oyi boshida tugaydi. Shuningdek, defoltning haqiqiy sanasi taxminiy sanadan kun yoki haftalarga farqlanish mumkinligini vazir ham e’tirof etmoqda.

“Gazprombank” strategiyasini ishlab chiqish markazi rahbari Yegor Susinning izlanishlariga ko’ra, shu sanaga qadar vazirlik ixtiyorida kamida 130-150 milliard dollar qolishi lozim, bu ko’rsatgich iyun oyidagi budjet taqchilligini qoplash uchun yetarli. Hamda, favqulodda choralar evaziga vazirlik ixtiyoridan yana 143 mlrd mablag’ bo’lishi mumkin. Susin vazirlik tomonidan iyul oyi oxirigacha budjet xarajatlarini moliyalashtirishda davom etishi mumkinligini xulosa qiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, defolt yuz bergan taqdirda, u texnik defolt bo’ladi. Ya’ni, mamlakatda pul mavjud, shunchaki undan foydalanish mavjud emasligini bildiradi. AQSHning to’laqonli defolt bòlishi amalda juda kichik bo’lib, mamlakatning tashqi qarzi ham ichki qarzidir. Chunki, g’aznachilik obligatsiyalari dollarga sotib olinadi. Bunday qarzlarni to’lash nisbatan osonroq: muammolar yuzaga kelganda, kerakli miqdorda dollarni bosib chiqarishi va ular vositasida kreditorlar bilan hisob-kitob qilish mumkin.

Bu esa AQSHda inflyatsiyani o’sishini keltirib chiqaradi, lekin to’liq miqyosdagi falokatning oldini oladi.
AQSH rasmiylari qarz chegarasini oshirishda kelishuvga erishgunga qadar yoki boshqa yechimga majbur bo’lmagunicha, bozorda moliyaviy aktivlar narxining o’zgarishi kuzatilishi mumkin. Masalan, 2011-yilda, kongressmenlarning murosaga kela olmaganligi fonida, S&P 500 indeksi ikki hafta ichida 17 foiz tushib ketgan edi. Bu xalqaro reyting agentligi o’sha vaziyatda birinchi marta AQSHning uzoq muddatli kredit reytingini AA+ darajasigacha pasaytirgan, ya’ni qarz majburiyatlarini baholashni eng yuqoridan yuqori sifat toifasiga o’zgartirgan.

Bu safar ham davlat qarzi chegarasi oshiriladi: potensial defolt ham AQSH, ham butun dunyo uchun juda qimmatga tushish ehtimoli katta.


Muxlisa Saidqulova

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *