Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

SCE O’zbekistonda tadbirkorlik va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi

O’zbekiston-Singapur biznes-forumida “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi va Singapurning STIE kompaniyasi o’rtasida Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo’yicha bitim imzolandi.

Kelishuv Toshkent metrosining transport infratuzilmasini loyihalash, yangi liniya va stansiyalarni qurish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha maslahatlashuvlarni o’tkazishni nazarda tutadi. Hujjatni bajarish muddati — 2023−2026-yillar etib ko’rsatilgan.

STIE veb-saytiga ko’ra, kompaniya “Singapurda va uning tashqarisida muhandislik, qurilish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha yetakchi yetkazib beruvchi” hisoblanadi. 20 yildan beri mavjud bo’lgan kompaniya, shuningdek, obyektlarni boshqarishning integratsiyalashgan xizmatlari va bulutli yechimlarni taklif qiladi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Singapur Savdo va sanoat vazirligining Enterprise Singapore agentligi qoshidagi Singapur hamkorlik korxonasi (SCE) tadbirkorlik, bosh rejalashtirish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan