O’zbekiston meva va sabzavot sotib, 255 million dollardan ko’proq daromad oldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
O’zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarning asosiy xaridorlari — Rossiya va Pokiston
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Ozbekiston 256,1 mln dollarlik 359,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi 1,1 barobarga yoki 44,9 ming tonnaga kamaydi.
Meva va sabzavotlarning asosiy xaridorlari — Rossiya (27,4 foiz), Pokiston (20,6 foiz), Xitoy (16,3 foiz) va Qozog’iston (13,9 foiz) davlatlari hisoblanadi. O’zbekiston Rossiyaga eng ko’p —70,2 mln dollarlik 84,9 ming tonna (umumiy eksportning 27,4 foizi) meva-sabzavot sotgan.
Shuningdek, Pokiston 52,7 mln dollarlik 16,5 ming tonna meva-sabzavot sotib olgan.
Meva-sabzavot eksportining eng katta ulushini mosh (13,7%), quritilgan uzum (10,4%), o’rik qoqi (7,0%), pomidor (6,1%), karam (5,1%), yangi uzum (4,3%), piyoz (4,3%) va anor (3,3%) tashkil qiladi.