Nega Xitoy o’z valyutasining global to’lov vositasi sifatida AQSH dollarining o’rnini egallashini istamaydi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Xitoy yuani AQSh dollarning hukmronligiga chek qo’yishi qanchalik to’g’ri?
Kelajakda Xitoy yuani global to’lov valyutasi hisoblangan AQSH dollarining potentsial raqibiga aylanishi prognoz qilinmoqda.
Xitoy ham o’z valyutasidan xalqaro savdo uchun to’lov vositasi sifatida foydalanmoqchi bo’layotgan Rossiya, Braziliya va boshqa davlatlar bilan shartnoma tuzdi. Biroq, tahlilchilarning fikricha, aslida rasmiy Pekin ham yuanning dunyo miqyosidagi asosiy zaxira valyutasiga aylanishini istamaydi. “Business Insider” nashri buning o’ziga xos sabablari haqida yozibdi:
– Londonda joylashgan TS Lombard konsalting kompaniyasining Xitoy iqtisodi bo’yicha mutaxassisi Rori Grinning fikriga ko’ra, rasmiy Pekin garchi AQShning global hukmronligini buzishni istasa ham o’z valyutasining erkin almashinuviniga imkon bermoqchi emas.
Xitoy Xalq banki so’nggi o’n yil ichida moliyaviy xavfsizlikni hisobga olib, yuandan ehtiyotkorlik bilan foydalanib kelyapti. Ayni paytda ham Osiyoning eng katta iqtisodi bu dinamikani buzmaydi. Ya’ni, Xitoy iqtisodiyotiga qancha chet el pullari kirishi va chiqishini nazorat qilish orqali kapital barqarorligini ta’minlashga intiladi.
– Xitoy AQSH kabi doimiy valyuta hukmronligini saqlab qolishni istamaydi va bunga qodir ham emas.
AQSh dollarining zaxira valyutasi sifatidagi mavqei va nufuzi budjet taqchilligini yuzaga keltirish xavfi tufayli hatto Amerikaga ham qimmatga tushishi mumkin.
Buning sababi, AQSh dollariga global talab Amerikaning importga bo’lgan ehtiyojidan ham ko’proq. Ular ham “yashil valyuta”dan foydalanganliklari uchun “tovon” to’lashga majbur bo’lishadi.
Shunday ekan, AQSh o’z pul birligining nufuzli zaxira valyuta mavqeini saqlab qolishi uchun yanada kattaroq defitsit holati bilan kurashishi kerak bo’ladi.
– Ayni paytda Pekin ko’plab geosiyosiy xavflarga duch kelmoqda. Shuning uchun Xitoyga ham muqobil aktivlar kerak.
Dunyoda dominant zaxira valyutasi sifatida AQSh dollarini qabul qiladigan har qanday valyuta uchun asosiy muammolardan biri bu dollarning haddan tashqari ustuvorligidir. Ko’p yillar davomida erishilgan ustunlikni esa tezda yo’qotishning imkoni yo’q.
Muxlisa Saidqulova