UNG Petro sotuvga qo’yildi: Yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’i xususiylashtiriladi

O’zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining 100 foiz davlat ulushi sotiladi

O’zbekistondagi eng yirik yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’i “UNG Petro”ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tarmoq ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvchi konsalting kompaniyasini jalb etish bo’yicha tanlov e’lon qildi.

Konsalting kompaniyalaridan arizalar 2023-yilning 11-iyuniga qadar qabul qilinadi.

2023-yil 24-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan farmon orqali “UNG Petro”ning 100 foiz ulushini xususiylashtirish rejasi tasdiqlangan. Savdo jarayoni O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq holda tarmoqning umumiy va individual xususiyatlarini hisobga olib, ilg’or jahon tajribasiga muvofiq tashkil etilishi kerak.

Ma’lumot o’rnida, “UNG Petro” – O’zbekistondagi neft va gaz mahsulotlarini milliy UNG’ brendi ostida sotuvchi eng yirik yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’i hisoblanadi. Chakana savdo tarmog’iga respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritadigan yoqilg’i, gaz va CNG quyish shoxobchalari kiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan