O’zbekiston xorijga mavsum boshidayoq rekord miqdorda tarvuz sotdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
O’zbekiston mavsum boshidan beri 30 ming tonnadan ortiq tarvuz eksport qildi va rekord qayd etdi.
O’zbekistonda tarvuz hosilining birinchi partiyasini tashqi bozorlarga jo’natish joriy yil may oyining birinchi o’n kunligida, ya’ni, o’tgan yilgidan bir hafta ertaroq boshlandi. Ammo mahsulotning ommaviy eksporti may oyi o’rtalaridan ko’paydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan qisqa vaqt ichida O’zbekiston xorijga 30 ming tonnadan ortiq yangi tarvuz sotdi va eksport mavsumi avvalidayoq rekord qayd etdi.
Dastlabki savdo statistikasiga ko’ra, 2023-yil may oyida O’zbekiston jami 6,5 mln dollarlik 30,4 ming tonna tarvuz eksport qildi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 9 baravar va 2021-yilning may oyiga nisbatan 12 barobarga ko’p, degani.
Shu bilan birga, O’zbekistondan tashqi bozorga tarvuz yetkazib berishning eng faol davri may oyining uchinchi o’n kunligidir. Bu davrda butun oy davomidagi eksportning qariyb 95 foizi amalga oshiriladi. Shunday ekan, joriy yil may oyining so’nggi o’n kunligida 29 ming tonnaga yaqin tarvuz, kuniga o’rtacha 2,6 ming tonna poliz mevasi tashqi bozorga jo’natilgan.