“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag’ bor” — MB raisi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senatning 41-yalpi majlisida aholi qo’lida 12 mlrd dollar pul bor ekanini aytib, bank sektori bu mablag’ning barchasini jalb qila olmasligini, lekin aholi pullarini bankka topshirish tendensiyasi mavjudligini qayd etdi.
Regulyator rahbari aholi omonatlari tarkibida xorijiy valyutadagi omonatlarni bir yildan yuqori muddatga qo’yish 9 foizga kamayganiga izoh berib, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi:
“Bizning hisob-kitoblarimizga ko’ra, aholining qo’lida qariyb 12 mlrd dollar mablag’ bor. Biz hali buning hammasini jalb qila olmaymiz ham. Lekin shu bilan birga o’zgarish, tendensiya, bankka pul mablag’larini topshirish, dollarlarni so’mga aylantirib, muddatli omonatga qo’yish jarayoni boshlangan. Bu — biz uchun quvonchli hol. Bu banklarning resurs bazasiga milliy valyutada kredit berishga imkon beradi”, — dedi Markaziy bank raisi.