Butun dunyoda “dollar gegemonligi”ga qarshi salbiy munosabat oshib boryapti — Bloomberg

AQSh xalqaro valyutasidan tashqi siyosiy manfaatlarini ilgari surish, o’ziga qarshi chiqqanlarni jazolovchi qurol sifatida foydalanayotgani sababli, dollarning uchinchi davlatlar uchun jozibadorligi yo’qolib bormoqda.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib, uning valuta zaxiralarini muzlatib qo’yganidan so’ng, boshqa davlatlar dollarga qaramlikni kamaytirish maqsadida harakatga tushib qoldi, deb yozmoqda Bloomberg nashri.

Dunyo hamjamiyatining Ukrainadagi mojaro bo’yicha pozitsiyasidan qat’i nazar, bu urush ularning Amerika valyutasiga qaramligini eslatib turadi.

Boshqa davlatlarning ushbu ssenariydan xabardorligi, ularni ushbu ehtimoliy hodisaga tayyorlanishga undaydi.

Siyosatshunoslik dotsenti, “Baksga qarshi kurash: AQSh moliyaviy sanksiyalari va dollarga nisbatan xalqaro qarshilik” kitobi muallifi Deniyel Makdauellning ta’kidlashicha, bu AQSh tomonidan tahdidlar va tiyib turish choralarini kuchsizlantirishi mumkin.

Ayni holat dollarning xalqaro zaxira valyutasi maqomini yo’qotishiga sababchi bo’lmasa-da, AQShning iqtisodiy qudratini zaiflashtiradi.

Avvalroq, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BRICS mamlakatlari o’rtasida savdo uchun dollarga muqobil valutani joriy qilishga chaqirgan edi.

“Dollar oltindan keyin hisob-kitoblar uchun valutaga aylanishiga kim qaror qildi? Nega iyena emas, nega real emas, nega peso emas? Chunki bir paytlar bizning valutalarimiz zaif edi va boshqa mamlakatlarda hech qanday qiymatga ega emas edi”, dedi Braziliya prezidenti.

Braziliya va Xitoy o’rtasida milliy valutalarda hisob-kitoblar bo’yicha shartnomalar tuzildi. Hindiston va Malayziya o’zaro savdoni rupiyda amalga oshirishga qaror qilishdi.

Shunga o’xshash mexanizm ustida ish Hindiston va Rossiya o’rtasida ham olib borilgan, biroq may oyida muhokamalar vaqtinchalik to’xtatilgan.

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Laos, Singapur va Myanma) mintaqaviy savdo va sarmoya uchun a’zo mamlakatlar valutalaridan foydalanishni boshlashga qaror qildi.

Indoneziya Janubiy Koreya bilan ham to’g’ridan to’g’ri rupiy va vonda ayirboshlash bo’yicha shartnoma imzoladi.

Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko’ra, jahondagi barcha valuta operatsiyalarining qariyb 88 foizi dollarda amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan