Yandex asosiy sahifadagi qidiruv paneli ostidagi reklama bannerini qaytardi

“Yandex” “ya.ru” asosiy sahifasida qidiruv paneli ostida reklama joylashtirish imkoniyatini ishga tushirdi.

“Hozircha bu undagi yagona reklama formati”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, reklama banneri “Yandex” sahifasining ish stoli va mobil versiyalarida hamda yangi Brauzer yorlig’ida ko’rsatiladi.

“Yandex” 2022-yil avgust oyida “Dzen” va “Yangiliklar” almashinuvidan so’ng “ya.ru”ni bosh sahifaga aylantirdi.

Avvalroq, oldingi asosiy sahifada — “yandex.ru”da reklama banneri bor edi.

12-sentabr kuni “Yandex” kompaniyasi “Dzen” xizmati va “Новости” yangiliklar agregatorini “VKontakte”ga sotish bo‘yicha kelishuv yakunlanganini e’lon qildi. O‘z navbatida kompaniya “VKontakte”dan “Delivery Club” xizmatini sotib oldi.

“Yandex.News” sifatida tanilgan platforma endilikda “dzen.ru” yangi manzilida joylashgan bo‘ladi.

“Yandex”ning O’zbekistondagi bosh sahifasi — yandex.uz allaqachon dizaynini minimalistik tarzda o’zgartirgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan