Google O’zbekistonning IT-kompaniyalariga yordam beradimi?

Tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida “Google” va O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra,vazir Sherzod Shermatov va “Google” kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida “Google” va O‘zbekistonning asosiy IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlarga O‘zbekistondagi IT-Park faoliyati, rezidentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgani, AKT sohasidagi ish o‘rinlari, vakolatlar va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha fikrlar almashilgani aytilmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan