Toshkentda U-Enter innovatsion biznes-inkubator markazi ochildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Toshkentda “U-Enter” innovatsion biznes-inkubator markazi ochildi.
Markaz palata tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda biznes-inkubatsiya tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” (KOICA) loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Biznes-inkubator yangi ish boshlagan tadbirkorlarga malakali mutaxassislardan o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Shuningdek, markaz startaplar va tadbirkorlar uchun xorij tajribasi asosida innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.