Usmonovning mashhurligi uni sanksiyalarga duchor qildi, — Bloomberg

Rossiyalik milliarder  Alisher Usmonov advokatlarining ta’kidlashicha, badavlat mijozining Putinga aloqadorligi emas, balki mashhurligi, shon-shuhrati va boyligi uning Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga yo’liqishiga asosiy sabab bo’lgan.

“Chunki, u jamoatchilik uchun “boylik ramzi”ga aylangan. U badavlat va mashhur. Ammo bular jazolanish uchun asos bo’lmasligi kerak”, – deydi uning advokati Jerom Grand d’Esnon.

So’ngi Bloomberg talqinidagi dunyoning eng boy odamlari indeksida asli o’zbekistonlik milliarderning bir necha pog’onaga “qulaganligi”ni ko’rishimiz mumkin.

Agar, Usmonov joriy yilning 28-fevralida 19,2 mlrd dollarlik aktivlari bilan 84-o’rinni egallagan bo’lsa, 1-iyundagi holatga ko’ra, uning boyligi 18,2 mlrd dollarga baholanib, 91-o’rindan joy olgan.

Eslatib o’tamiz, ayni paytda Alisher Usmonov Yevropa sanksiyalarini bekor qilish uchun kurashmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan