Hind brendlarining qiymati 2 trln dollarga yaqinlashdi — Brand Finance

Hindistonning yuzlab yirik brendlarining umumiy qiymati qariyb 2 trln dollarga yetdi. Bu haqida Brand Finance consulting kompaniyasining tadqiqotlariga tayanib, “Interfaks”nashri yozmoqda.

Ayni paytda eng qimmat hind brendi shubhasiz “Tata Group” bo’lib turibdi. Uning qiymati 10,3 foizga o’sgan. Konglomeratning brend qiymati 26,4 mlrd dollarga baholanmoqda. Ushbu guruh butunjahon reytingida ham yettinchi o’rinni egallagan.

Ikkinchi o’rinda “Infosys” dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi qayd etilgan. Kompaniyaning brend qiymati 13,01 mlrd dollarga yetgan.

“Silver Insurance” – sug’urta korporatsiyasining qiymati 9,76 mlrd dollarga ko’tarildi.

Hindistonning eng qimmat brendlari ro’yxatidan “Airtel” mobil operatori (7,53 mlrd dollar) hamda “Reliance Industries” konglomerati (7,36 milliard dollar) ham joy olgan.

Ichki bozorda 4000 dan ortiq savdo nuqtalari va 637 dan ortiq eksklyuziv chakana savdo do’konlari tarmog’iga ega “Raymond LTD” kompaniyasi esa eng tez o’sayotgan hind kiyim brendi sifatida e’tirof etildi. Kompaniyaning brend qiymati 83 foizga oshib, 273 mln dollarni tashkil etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan