Generativ sun’iy intellekt bozori 10 yil ichida 1,3 trln dollargacha o‘sadi – Bloomberg

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
“Bloomberg Intelligence” tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko’ra, sun’iy intellekt bozorining daromadi 2032-yilga borib 1,3 trln dollargacha o’sishi mumkin. Generativ sun’iy intellekt sektori 10 yil ichida portlovchi o‘sishni boshdan kechiradi, bu esa texnologiya sohasi ish uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Prognozlarga ko‘ra, sun’iy intellektni o‘qitish infratuzilmasi bozori 2032-yilga borib taxminan 247 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu vaqtga kelib raqamli reklamadan tushgan daromad 192 mlrd dollarga, sun’iy intellekt serverlari daromadi esa 134 mlrd dollarga yetishi taxmin qilinyapti.
Asosiy foyda oluvchilar “Amazon”, Google’ning bosh kompaniyasi – “Alphabet”, mikrochip ishlab chiqaruvchisi “Nvidia” va Microsoft bo’lishi aytilmoqda.
Avvalroq, Amerikaning “Nvidia” mikrochip ishlab chiqaruvchi kompaniyasining bozor qiymati birinchi marta 1 trln dollarga yetgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o’tamiz, generativ sun’iy intellekt mavzusi OpenAI kompaniyasi ChatGPT chat-botini taqdim etganidan keyin ommalashdi.