O’zbekistondan tarvuz eksporti rekord darajaga yetdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
O’zbekistondan tarvuz eksporti may oyida rekord darajaga yetgan. Iyun oyida esa 100 ming tonnadan oshishi kutilyapti.
“East-Fruit” nashrining yozishicha, o‘zbek tarvuzlarini tashqi bozorlarga sotish o’tgan oyning birinchi o’n kunligidan boshlangan.
“Mamlakatdagi juda issiq ob-havo tufayli tarvuzlar odatdagidan deyarli bir haftaga erta pishdi, – deyiladi portalda, – Ommaviy eksport may oyining o‘rtalarida boshlangan va shundan buyon O‘zbekiston 30 ming tonnadan ortiq tarvuz sotib, tarixiy rekord o‘rnatdi”.
Dastlabki savdo statistikasiga ko‘ra, 2023-yil may oyida O‘zbekiston 30,4 ming tonna tarvuz sotgan. Bu esa 6,5 mln AQSh dollariga teng daromad keltirgan. Eksport hajmi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 barobar, 2021 yil may oyiga nisbatan esa 12 baravarga oshdi.
2023-yil may oyining so‘nggi o‘n kunligida O‘zbekiston 29 ming tonnaga yaqin tarvuz eksport qildi, bu kuniga o‘rtacha 2,6 ming tonnani tashkil etdi. Binobarin, eksport hajmi iyun oyida yuqori bo‘lishi kutilmoqda
Ushbu hajmning 99 foizdan ortig‘i Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga jo‘natilgan, biroq asosiy qismi an’anaviy ravishda Qozog‘iston va Rossiya bozorlariga to‘g‘ri keladi.