Navoiydagi Muruntov ikkinchi eng yirik oltin qazib olinadigan kon deb topildi  

Kanadada oltin oldi-sotdisi bilan shug’ullanadigan eng yirik kompaniyalardan biri “Kitco” 2022-yilda oltin qazib olish bo’yicha dunyodagi 10 ta eng yirik oltin konlari reytingini tuzdi. Navoiy viloyatidagi Muruntov koni dunyoning eng yirik oltin konlari ro’yxatida ikkinchi o’rinni egalladi.

Reytingga ko’ra, Muruntov konida 2022-yilda taxminan 1,7 million untsiya oltin qazib olingan. Konning uzunligi 3,3 kilometrdan ortiq, eni 2,5 kilometr va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi. Muruntovning oltin zaxiralari va resurslari 150 million untsiyadan oshadi.

Muruntov koni 2020 va 2021-yillarda dunyodagi eng yirik oltin koni deb topilgan. 2022-yil bo’yicha esa birinchilikni Indoneziyaning “Grasberg” koni qo’lga kiritdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan