Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston multimodal transport yo’lagi ochildi

Xitoyning Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, Shinjon viloyati Kashgar shahrida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi ochildi.

Xususan, mazkur multimodal transport yo‘lagida poyezd harakati sinov tarzida amalga oshirildi.

Tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi ta’kidlanmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan