Yil oxirigacha Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo’li qurilishi boshlanadi

Toshkent-Andijon muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha mega-loyiha joriy yil oxirigacha boshlanadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’kidladi.

Unga ko‘ra, mazkur loyiha Jahon banki bilan amalga oshirilib, uning qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, uni amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkentga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqarishi ta’kidlanmoqda.

Mazkur loyiha 2026-yilgacha amalga oshirilishi belgilangan 5 ta loyihadan bittasi hisoblanadi.

Shuningdek, Andijon xalqaro aeroporti standartlar asosida to‘liq ta’mirlanadi va bunga 350 mln dollar yo‘naltiriladi.

“Vodiy aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, „Andijon-Farg‘ona-Qo‘qon-Namangan-Andijon“ temir yo‘l halqasi bo‘ylab 4 ta elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi nomzod.

Natijada, kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Buning uchun 40 mln dollar jalb qilinadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan