Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari josuslikda ayblanmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Yevropa komissiyasi Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalarining Yevropada 5G tarmoqlarini joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan bosh tortishga qaror qildi.
Bryusselning ta’kidlashicha, bu firmalar bilan hamkorlik boshqa kompaniyalarga qaraganda ancha xavfliroq. Qo‘shma Shtatlar bu kompaniyalarni josuslikda va adolatsiz raqobatda ayblaydi.
Terri Breton, ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari:
“Biz o‘z manfaatlarimizga qarshi qurolga aylanishi mumkin bo‘lgan xavfli qaramlikni saqlab qola olmaymiz. Bu juda jiddiy noto‘g‘ri harakat va umumiy xavfsizligimiz uchun katta xavf bo‘ladi”.
Avvalroq, AQShdan keyin Kanada va Buyuk Britaniya ham Huawei va boshqa bir qator kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan edi. Sanktsiyalar 2019 yilda joriy qilingan. Yevropa davlatlari hali yagona pozitsiyani ishlab chiqmagan. 27 ta davlatdan 24 tasi o‘z qonunchiligiga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalarni kiritgan, biroq faqat o‘ntasi Xitoy kompaniyalarining ishtirokini cheklash bo‘yicha haqiqiy choralar ko‘rgan.